Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistondagi innovatsion g‘oyalarga ega yoshlar yagona jamoa bo‘lib birlashadi

O‘zbekistondagi innovatsion g‘oyalarga ega yoshlar yagona jamoa bo‘lib birlashadi

Illyustrativ surat.

Foto: «Reasonwhy.es»

O‘zbekiston innovatsion rivojlanish vazirligi va O‘zbekiston milliy universiteti matematika fakultetining bir guruh talabalari tashabbusi bilan Innovatsion g‘oyalarni rivojlantirish yoshlar jamoasi tashkil etildi. Bundan Respublikamizda tahsil olayotgan barcha iqtidorli talaba yoshlar bilan birgalikda mamlakatimizning ko‘plab sohalari uchun innovatsion g‘oyalarini saralash va hayotga joriy etish ko‘zlanmoqda.

ShU bilan birga, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etishda yoshlarni birlashtirib, ularning ilmiy-amaliy salohiyatini yuzaga chiqarish hamda qo‘llab-quvvatlash ham ushbu tuzilma faoliyatining asosiy yo‘nalishlardan biridir.

Innovatsion rivojlanish vazirining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Umarov O‘zMU tashabbuskor yoshlari bilan uchrashdi. Uchrashuv chog‘ida jamoaning vazifalari va oldinda turgan rejalar belgilab olindi, Innovatsion rivojlanish vazirligi innovatsion g‘oyalarni amalga oshirishda keng ko‘lamda amaliy yordam berishi ma’lum qilindi.

Endilikda Innovatsion rivojlanish vazirligi tavsiyasiga ko‘ra, O‘zMU tashabbuskor yoshlar jamoasi Yuqori texnologiyalar markazi rahbariyati va vazirlikning bir qator mutaxassislari bilan birgalikda ish olib borishadi. Jamoa rahbari Sodiqjon Bobojonovning ma’lum qilishicha, turli sohalarda tahsil olayotgan talabalar va yoshlardan o‘z yo‘nalishlariga mos kichik guruhlar tashkil etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring