Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistondagi Rossiya fuqarolari prezident saylamoqdalar

O‘zbekistondagi Rossiya fuqarolari prezident saylamoqdalar

Foto: «2018god.net»

Bugun, 18-mart kuni ertalabdanoq O‘zbekistondagi Rossiya elchixonasi va uning viloyatlardagi saylov uchastkalari saylovchilar bilan gavjum bo‘ldi. Rossiya fuqarolari nafaqat bu davlat hududida, balki dunyoning turli mamlakatlarida, jumladan, yurtimizda ham prezident saylovlarida ishtirok etmoqdalar.

O‘zbekistonda poytaxt Toshkent shahridan tashqari Farg‘ona, Buxoro kabi viloyatlarda ham saylash imkoniyati yaratilgan.

Elchixonaning o‘zi esa ertalabdanoq Rossiya fuqarolari — saylovchilar bilan gavjum bo‘ldi.


Elchixonadan bizga ma’lum qilishlaricha, tadbir uchun yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rilgan, barcha diplomatlar hoziru nozir bo‘lib turishibdi.

Toshkentdagi saylov uyushqoqlik bilan o‘tayotganini jarayonni bevosita kuzatayotgan «Rossiya 24» telekanali muxbiri Robert Fransev ham tasdiqlagan.

— Elchixonada bayram kayfiyati hukm surmoqda. Soat 10:00 dayoq qatnashchilarning 50 foizidan ortig‘i ovoz berib bo‘lishdi. Bu yerda hatto navbatlar hosil bo‘lgan. Bunday hol O‘zbekistonda yashovchi har bir fuqaroning an’anaviy ravishda siyosiy jarayonlarga jiddiy qarashini anglatadi, — deydi o‘z lavhasida jurnalist.

Eslatib о‘tamiz, Rossiya prezidenti nomzodi uchun jami 8 kishi kurashmoqda, lekin deyarli hech kim amaldagi davlat rahbari Vladimir Putinning g‘alabasiga shubha qilmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring