Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonlik mutaxassis Singapurdan elektron hukumat tajribalarini o‘rganib qaytdi

O‘zbekistonlik mutaxassis Singapurdan elektron hukumat tajribalarini o‘rganib qaytdi

Rustamxo‘ja Ishanov tinglovchilar bilan o‘z tajribasini almashmoqda.

Foto: «Egovernment.uz»

2018-yilning 22-26-yanvar kunlari Singapurda «Elektron hukumat tarkibidagi yetakchilik» mavzusida o‘quv dasturi bo‘lib o‘tdi. Mazkur o‘quv dasturi Singapur hamkorlik dasturi hamda Singapurning elektron hukumat sohasidagi yetakchilik markazi tomonidan tashkillashtirildi.

Dunyoning 28 mamlakati vakillari qatnashgan ushbu o‘quv dasturida «Elektron hukumat» markazi departament boshlig‘i Rustamxo‘ja Ishanov ham o‘z bilim va malakasini oshirib qaytdi.

Foto: «Egovernment.uz»

O‘quv dasturida tinglovchilarga «Raqamli iqtisodiyot», «Tabiat ichra shahar», «Strategiya va rejalashtirish», «Kiber xavfsizlikni ko‘rib chiqish» va «Aqlli transport» mavzularida ma’ruza va va taqdimotlar namoyish etildi.

Shu yilning 1-fevral kuni ushbu o‘quv dasturida hamda olingan bilim va ko‘nikmalarini R.Ishanov «Elektron hukumat» markazi xodimlari bilan o‘rtoqlashdi. Seminar-treningda xodimlar Singapurning elektron hukumat sohasida erishgan yutuqlari, ilg‘or texnologiyalari va yirik loyihalari haqida ma’lumotga ega bo‘ldilar.

Foto: «Egovernment.uz»

Shuningdek, safar davomida Rustamxo‘ja Ishanovning 28 davlatdan tashrif buyurgan tinglovchilardan olingan tajribasi bo‘yicha ham fikr almashildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring