Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonlik sportchi Arnold Shvarsenegger sovrinini qo‘lga kiritdi (video)

O‘zbekistonlik sportchi Arnold Shvarsenegger sovrinini qo‘lga kiritdi (video)

Foto: MOQ matbuot xizmati

O‘zbekistonlik sportchi Mixail Volinkin havaskorlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan «Arnold klassik-2018» musobaqasida mutloq chempionlikni qo‘lga kiritdi va terma jamoamizga oltin medalni taqdim etdi. Mixail ushbu g‘alabasi orqali, Markaziy Osiyo mamlakatlari vakillari ichida bodibilding bo‘yicha professional karta qo‘lga kiritgan ilk sportchiga aylandi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi sayti yozmoqda.

Ushbu musobaqa 1988 yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda va musobaqaning asoschisi mashhur sportchi, aktyor, Kaliforniya sobiq gubernatori Arnold Shvarsenegger hisoblanadi.

Ta’kidlab o‘tish lozimki, Mixail Volinkinning ushbu g‘alabasi yosh sportchilarimiz uchun haqiqiy namuna bo‘la oladi. Ahir bolalar uyi tarbiyalanuvchisining jahon chempionligiga qadar bosib o‘tgan yo‘li ko‘ngli yarim bo‘lgan bolajonlar uchun o‘ziga bo‘lgan ishonchni ortishida muhim rol o‘ynaydi.

Shuningdek, musobaqaning masresling bahslarida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan boshqa bir sportchimiz Olesya Gureyevani ham muvaffaqiyat bilan tabriklab qolamiz!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring