Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik o‘quvchilar matematika bo‘yicha xalqaro musobaqada g‘alaba qozondilar

O‘zbekistonlik o‘quvchilar matematika bo‘yicha xalqaro musobaqada g‘alaba qozondilar

Foto: Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati

Shu yilning 1-6-iyul kunlari Bolgariyaning Burgas shahrida o‘tkazilgan maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi matematika bo‘yicha xalqaro musobaqada vakillarimiz 1 ta oltin, 2 ta kumush, 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritishdi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Yurtimizda o‘tgan yillar davomida ta’lim tizimi tubdan isloh qilinib, o‘qitish jarayoniga ilg‘or metod va usullar, yangi pedagogik texnologiyalar tatbiq qilindi. Dars va mashg‘ulotlarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanilayotgani esa o‘g‘il-qizlarimizning fanlarga qiziqishini oshirmoqda. Pirovardida, ta’lim sifat va samaradorligi yuksalib, ularning nufuzli ko‘rik-tanlov hamda intellektual musobaqalarda zafar quchishiga zamin yaratmoqda. O‘quvchilarimizning Bolgariyada erishgan g‘alabasi ham tizimdagi islohotlarning amaliy samarasidir.

Foto: Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati

Maktab o‘quvchilarining Xalqaro matematika musobaqasi («International Mathematics Competition») dunyoning iqtidorli o‘quvchilari uchun eng katta va muhim forum hisoblanib, unda ishtirok etish har bir mamlakat uchun sharafdir.

Mazkur nufuzli musobaqada beshinchi marta ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi shu yili musobaqada ishtiroki tarixida ilk marotaba umumjamoa hisobida eng ko‘p medalni olishga muvaffaq bo‘ldi.

Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi 1-IDUMning 8-sinf o‘quvchisi Doniyor Ismoilov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Ushbu maktabning 7-sinf o‘quvchisi Rajabboyev Lazizbek va Peshko‘ tumanidagi 18-maktabning 9-sinf o‘quvchisi Norboyev Jahongirlar – kumush medal, Termiz shahridagi 4-ixtisoslashtirilgan maktab-internatning 7-sinf o‘quvchisi Buriyev Iskandar, Uchtepa tumanidagi 4-maktabning 7-sinf o‘quvchisi Madjidov Mukhammadrizolar bronza medalga sazovor bo‘lishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring