Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonning har 100 xo‘jaligiga 50 ta kompyuter to‘g‘ri keladi

O‘zbekistonning har 100 xo‘jaligiga 50 ta kompyuter to‘g‘ri keladi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi aholi turmush darajasiga oid statistik ma’lumotlarni e’lon qildi.

2017-yil yakunlariga ko‘ra, 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri kelgan shaxsiy kompyuterlar 50 donani (2000-yilda esa bu ko‘rsatkich 0,2 dona bo‘lgan) tashkil etgan bo‘lsa, 2000—2017-yillar mobaynida mobil telefonlari bilan ta’minlanganligi 14,4 barobarga oshdi (2017-yil yakuniga kelib har 100 ta uy xo‘jaligiga 257 tadan, ya’ni har bir uy xo‘jaligiga 2,6 tadan mobil telefon to‘g‘ri keldi).

Statistikaga ko‘ra, aholining shaxsiy yengil avtomobillar bilan ta’minlanganlik darajasi 2017-yil yakunlariga kelib har yuzta uy xo‘jaligiga 44 taga yetdi.

Shuningdek, har yuzta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri kelgan televizorlar soni 154 tani tashkil etib, 2000-yilga nisbatan 1,7 martaga oshgan.

Konditsionerlar — 34 dona (2000-yilga nisbatan o‘sish — 3,1 barobar), elektr changyutgichlar — 54 dona (o‘sish 1,8 barobar), kir yuvish mashinalari – 80 donani (o‘sish 1,1 barobar) tashkil etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring