Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulligi 2018-yilning martida ochilishi kutilmoqda

O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulligi 2018-yilning martida ochilishi kutilmoqda

Sankt-Peterburg.

Foto: «1x.com»

O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulligi 2018 yil martida ochilishi kutilmoqda. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Sankt-Peterburgdagi vakiliga asoslanib «RIA Novosti» xabar berdi.

«Bizda yana bir konsullik paydo bo‘ladi — bu O‘zbekiston konsulligi… Umid qilamanki, u mart oyida konsul ekzekvatura olishi bilan ochiladi», — deb aytgan manba. Ekzekvatura xorijiy davlat konsuli o‘z vazifalarini bajarishi uchun RF Tashqi ishlar vazirligining rozilik berishi demakdir.

«RIA Novosti»ning aniqlashtirishicha, O‘zbekiston konsulligi xodimlari allaqachon Peterburgga kelishgan. Shaharda O‘zbekiston fuqarolari ko‘pchilikni tashkil etishi bois ushbu davlat Bosh konsulligi «eng talabgir» konsulliklardan bo‘lishi taxmin qilinayotir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring