Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zbektelekom» «Qozoqtelekom»ni strategik hamkor deb biladi

«O‘zbektelekom» «Qozoqtelekom»ni strategik hamkor deb biladi

Foto: «uztelecom.uz»

Shu yilning 9-iyul kuni «Qozoqtelekom» AJ boshqaruvi raisi Quvanishbek Esekeyev boshchiligidagi delegatsiya Toshkentga keldi va «O‘zbektelekom» AK bosh direktori Farhod Ro‘ziyev bilan uchrashdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Tomonlar infokommunikatsiya bozoridagi ikkita asosiy o‘yinchini umumiy muvofiqlashtirish maqsadida infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha rejalari bilan almashdilar.

«O‘zbektelekom» AK Markaziy Osiyo, Yevropa va Xitoy davlatlari o‘rtasida xalqaro tranzitni rivojlantirish uchun «Qozoqtelekom» AKni strategik hamkor sifatida ko‘rmoqda.

Uchrashuv doirasida tomonlar SmartCity loyihalarini amalga oshirish, IOT (internet narsalar) bazasi asosida mahsulotlarni birgalikda rivojlantirish kabi yangi biznes sohalarda hamkorlik to‘g‘risida kelishib oldilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring