Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zbektelekom» rahbariyati milliy messenjer yaratish jarayonini muzlatib qo‘ydi

«O‘zbektelekom» rahbariyati milliy messenjer yaratish jarayonini muzlatib qo‘ydi

Foto: «Spot»

«O‘zbektelekom»ning yangi rahbariyati «UzPhone» milliy messenjerini ishlab chiqish jarayonini muzlatib qo‘ydi. Bu haqda fevral oyi oxiridagi kompaniya bosh direktori etib tayinlangan Farhod Ro‘ziyev ma’lum qildi, deb xabar beradi «Spot».

2017-yil oxirida «O‘zbektelekom»ning «Axborot tizimlari» filiali «UzPhone» milliy messenjerini yaratishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. O‘sha vaqtda yaratilajak yangi servis o‘zining dunyoga mashhur muqobillaridan farqli o‘laroq kam traffik sarflashi ma’lum qilingandi.

Servis «Smart-TV» va IP-telefoniya bilan integratsiyalashadi. Kompaniya serverlari 1 million kishiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega.

Ro‘ziyevning aytishicha, «O‘zbektelekom» birinchi navbatda telekommunikatsiya kompaniyasi hisoblanadi va infratuzilma, internet va aloqaning rivojlanishi borasidagi muammollarni hal etishi kerak. Shu sababli messenjer ustida olib borilgan ishlar to‘xtatilgan.

«Men telekommunikatsiya operatorlari tomonidan yaratilgan dunyodagi birorta muvaffaqiyatli messenjerni bilmayman. Bu boshqa narsa. Biz shu turdagi muqobil servislar bilan qanday qilib muvafaqqiyatli raqobatlashishni bilmaymiz», — deydi Farhod Ro‘ziyev.

Bundan tashqari «Axborot tizimlari» filialining sahifasi «O‘zbektelekom»ning asosiy saytiga yo‘naltirilmoqda. Shuningdek, uning tuzilmasi ham o‘zgargan — endilikda filial emas, balki Muhiddin Ibrohimov boshchilik qilayotgan markaz hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring