Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zbektelekom» yirik onlayn-kinoteatr loyihasini ishga tushirdi

«O‘zbektelekom» yirik onlayn-kinoteatr loyihasini ishga tushirdi

«O‘zbektelekom» AK Rossiyaning ivi VoD-servisi bilan hamkorlikda keng miqyosli katalogiga obuna bo‘lish orqali, 70 mingdan ortiq a’lo sifatli film, multfilm va seriallarini O‘zbekiston aholisi uchun istalgan qulay qurilmada tomosha qilish imkonini beruvchi  https://ivi.uztelecom.uz – onlayn-kinoteatr loyihasini ishga tushirdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Endi «O‘zbektelekom» AK abonentlari ma’lumotlar kartasini kiritmasdan, shaxsiy kabinet orqali boshqa xizmatlar qatorida onlayn-kinoteatr obunasi to‘lovini ham amalga oshirishlari mumkin. Ulanish bir tugmani bosish orqali oshiriladi: abonentlardan faqat mobil telefoni raqami va «O‘zbektelekom» tarmog‘idagi hisob raqami talab etiladi.

«Biz O‘zbekistonning yirik telekommunikatsiya operatori bilan hamkorlikni e’lon qilishdan mamnunmiz, endi kompaniya abonentlari yirik filmotekaga ulanishlari mumkin bo‘ldi. Uning tarkibida jahon kinematografiyasi durdonalari, sevimli va mashhur kinokartinalar, shuningdek, so‘nggi yillardagi keng qamrovli yangi primeralar mavjud», — deydi ivi onlayn-kinoteatrining xalqaro rivojlantirish bo‘yicha direktori Artem Yegorenkov.

«Mazkur loyihani amalga oshirishda biz, eng avvalo, abonentlarimiz manfaatlaridan kelib chiqdik, — deydi «O‘zbektelekom» AK tijorat direktori v.v.b. Alisher Zufarov — Bugungi kunda biz yuqori tezlikdagi va limitsiz tariflarni taqdim etmoqdamiz, shuning uchun internet foydalanuvchilarimiz uchun qonuniy (rasmiy), qiziqarli va boy mazmunli kontent har doim zarur bo‘ladi. Tejamkor tariflardan foydalanuvchilar uchun qo‘shimcha bonuslar tariqasida — UZONLINE abonentlariga ivi onlayn-kinoteatrida kontentni tomosha qilishda trafik sarflanmasligini belgiladik».

Yangi loyiha obunasi qulay narxlarda – UZONLINE abonentlari uchun dastlabki 6 oy mobaynida oyiga 10 000 so‘mni tashkil etadi.

Ma’lumot uchun:

IVI — oyiga 48 milliondan ortiq foydalanuvchiga ega bo‘lgan yirik onlayn-kinoteatrdir. Har oy foydalanuvchilar ivi onlayn-kinoteatrida 70 million soatdan ortiq vaqt o‘tkazadilar va 250 milliondan ziyod video tomosha qiladilar. ivi onlayn-kinoteatrida filmlar, multfilmlar va seriallarning keng katalogi taqdim etiladi. Onlayn-kinoteatr filmotekasi jami 70 mingdan ortiq kontentga ega — bularning barchasi oltita meyjor studiyalarning kinokartinalari, shuningdek, 400dan ortiq Yevropa va Rossiyadan mustaqil kino ishlab chiqaruvchilarining mahsulotlaridir. ivi onlayn-kinoteatrini butun dunyoda va MDH mamlakatlarida — Smart TV, web, Android, iOS, o‘yin pristavkalari orqali tomosha qilishadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring