Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zimizning Uorren Baffet» nomini olgan moliyachi Qahramon Holiqov vafot etdi

«O‘zimizning Uorren Baffet» nomini olgan moliyachi Qahramon Holiqov vafot etdi

Tijorat va bank sohasida katta tajribaga ega bo‘lgan, hukumatda muvaffaqiyatli faoliyat olib borgan moliyachi Qahramon Qurbonturdiyevich Holiqov vafot etdi.

Qahramon Holiqov O‘zbekiston qimmatbaho qog‘ozlar bozorida birinchi xususiy sarmoyadorlardan bo‘lgandi. U o‘zining noyob tahlil qila olish qobiliyati tufayli o‘ta muvaffaqiyatli savdolarni amalga oshirar va brokerlar orasida «O‘zimizning Uorren Baffet» (Baffet — AQSh moliya bozori yetakchisi, millarder) nomi bilan tanilgan edi.

Xabar.uz tahririyati Qahramon Holiqovning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya izhor etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring