Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zini bank xodimi deb tanishtirgan firibgarlar

O‘zini bank xodimi deb tanishtirgan firibgarlar

Foto: «7kun.info»

12-iyun kuni Toshkent viloyatining Angren shahrida yashovchi S.X. ismli ayol IIBga murojaat qiladi.U shu yilning 9-iyun kuni noma’lum ayol uning uyiga kelib, o‘zini bank xodimi deb tanishtirgani va 30 foizlik chegirma bilan dam olish maskaniga yo‘llanma olib berishini aytib, undan 1.400 AQSh dollarini aldab olganidan shikoyat qiladi. Firibgar dollar o‘rniga 8 dona qalbaki 200 yevro kupyurasi solingan konvertni berib, bir necha kundan keyin pullarni bank orqali milliy so‘mga almashtirib berishini aytib, voqea joyidan ketadi.

«Hurmatli fuqarolar, o‘z xorijiy valyutangizni banklarning valyuta ayriboshlash shoxobchalari orqali almashtiring. Agarda siz va yaqinlaringiz oldiga ana shunday shaxslar kelib, pullaringizni milliy valyutaga almashtirib berishini aytsa, bilingki, ular — firibgardir. Bunday holda darhol ichki ishlar organlarining hududiy  bo‘limlari yoki «102» telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar bering», deyiladi O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabarida.

Eslatib o‘tamiz, shunga o‘xshash firibgarlik jinoyati Yangiyo‘l shahrida ham sodir bo‘lgandi. O‘zlarini bank xodimlari deb tanishtirgan firibgarlar yaqin kunlarda O‘zbekiston Respublikasi hududida AQSh dollarida muomala qilish cheklanadi deb aldab, pensionerlarning AQSh dollarini soxta Yevro banknotalariga almashtirib ketishgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring