Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zLiDeP» tomorqada biznes boshlamoqchi bo‘lganlarga yordam beradi

«O‘zLiDeP» tomorqada biznes boshlamoqchi bo‘lganlarga yordam beradi

Foto: rd.al

Aholi ixtiyoridagi tomorqa ekin maydonlaridan foydalanishning samaradorligini oshirish, uzoq yillar foydalanilmayotgan tomorqa egalarining yerga nisbatan munosabatini tubdan o‘zgartirish va oilalar farovonligini oshirish maqsadida o‘tgan yili «O‘zLiDeP» boshlang‘ich tashkilotlari o‘z tomorqasida tadbirkorligini boshlaganlarga ko‘makdosh» loyihasi ishlab chiqildi va bu bo‘yicha «O‘zLiDeP» siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasining maxsus qarori qabul qilindi.

Loyihaga muvofiq har bir boshlang‘ich partiya tashkilotiga tomorqasida xususiy ishini boshlamoqchi bo‘lgan yoki ish boshlab, ayrim muammolarga duch kelayotgan 5 nafardan oilalar biriktirildi. Ayniqsa, uyushmagan yoshlarning tomorqachilikka jalb etilishiga alohida e’tibor berildi. Hattoki, oilalarga ilk marta tadbirkorlik boshlashi uchun bankdan imtiyozli kreditlar olishda ham yordam ko‘rsatildi.

Yil boshidan partiya boshlang‘ich partiya tashkilotlari 21 mingdan ziyod xonadonga tashrif uyushtirdi. Qariyb 11 ming xonadonga amaliy yordam ko‘rsatildi.

Shuningdek, uch mingga yaqin xonadonning ijtimoiy-iqtisodiy muammolari o‘rganilgan hamda ularning yechilishida ham huquqiy ham amaliy yordamlar ko‘rsatilgan.

Ohangaron tumani, Qoraxitoy qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Faxriddan Qayumov ham partiya ko‘magidan bahramand bo‘lganlardan. U o‘z tomorqasida asalarichilikni yo‘lga qo‘yish niyatida bankdan kredit olish uchun murojaat qilgan. Ammo noma’lum sabablarga ko‘ra unga kredit ajratish ortga surilavergach o‘z mahallasidagi «O‘zLiDeP» boshlang‘ich partiya tashkilotiga murojaat qildi. Fuqaroning murojaati inobatga olinib, 7 foizlik kredit olishga ko‘maklashildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring