Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ozodbek Nazarbekov Tojikistonda konsert berdi (foto)

Ozodbek Nazarbekov Tojikistonda konsert berdi (foto)

Foto: «O‘zbekkonsert» DM

2018-yil 10-11-may kunlari O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov Tojikiston Respublikasiga konsert gastroli bilan tashrif buyurdi.

Foto: «O‘zbekkonsert» DM

Xo‘jand shahridagi «Qasri varzesh» sport saroyida O.Nazarbekov maxsus tayyorlangan o‘z konsert dasturi bilan uch ming (3000) kishilik zalni xushnud etdi. Konsertda nafaqat kuy-qo‘shiqlar ijro etildi, jozibador sahnalashtirilgan raqs dastalari ham namoyish qilindi.

Foto: «O‘zbekkonsert» DM

Konsert tomoshasidan so‘ng, tomoshabinlar bunday dasturlarni muntazam ravishda o‘tkazilishini so‘rashdi va ikki davlatning qardoshlik aloqalari doimiy bardavom bo‘lishini e’tirof etishdi, deyiladi «O‘zbekkonsert» DM xabarida.

Foto: «O‘zbekkonsert» DM

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring