Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zPFL superliga o‘yinlarini «Sport» telekanali efir vaqtiga mosladi

O‘zPFL superliga o‘yinlarini «Sport» telekanali efir vaqtiga mosladi

Foto: www.the-uff.com

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «Sport» teleradiokanali ushbu mavsum uchun superliga o‘yinlarini translyasiya qiladi. Bu yilgi mavsumda ham superliga va O‘zbekiston kubogi o‘yinlari shu telekanal orqali namoyish etiladi.

Ma’lum bo‘lishicha, bir tur doirasidagi 6 o‘yin uch kunda ikkitadan namoyish etilishi rejalashtirilgan. O‘zPFL tur o‘yinlari boshlanish vaqtini soat 18:00 dan so‘ng qilib belgilagandi.

Ammo haftaning har shanba kuni, soat 19:30da «Sport» telekanalida «Omad Lotto» efirga uzatiladi. Shu sabab, telekanal rahbarlari shanba kuni bo‘lib o‘tadigan o‘yinlarning boshlanish vaqtini soat 17:30 qilib belgilash borasida O‘zPFLga taklif bilan chiqdi. Shanba dam olish kuni bo‘lib, bu futbol muxlislariga stadionga kelish uchun ortiqcha muammo tug‘dirmasligini va telekanal efir dasturini inobatga olgan O‘zPFL 3 mart kuni bo‘lib o‘tadigan o‘yinlarning boshlanish vaqtini soat 17:30 qilib belgiladi.

Uchrashuvlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda namoyish etilishi rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring