Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zsanoatqurilishbank» munis ayollarni xotin-qizlar kuni bilan samimiy tabriklaydi

«O‘zsanoatqurilishbank» munis ayollarni xotin-qizlar kuni bilan samimiy tabriklaydi

Muhtarama onaxonlar, mehribon opa-singillar, dilbar qizlar! «O‘zsanoatqurilishbank» jamoasi Siz azizlarni tabiat tobora chiroy ochib borayotgan ushbu kunlarda bahor ayyomining ilk bayrami bo‘lmish 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etadi.

Go‘zallik va nafosat, mehru muhabbat, vafo va nazokat ramzi bo‘lgan, o‘zining mehribonligi, qalb saxovati bilan har qaysi oilani oila qiladigan, unga fayzu tarovat beradigan ayollarimizning betakror fazilatlari haqida har qancha gapirsak, ularni har qancha e’zozlasak, arziydi.

Zero, xonadonlarimiz farishtasi, hayotimiz charog‘boni bo‘lmish mehribon onalarimiz, aziz opa-singillarimiz ana shunday yuksak ehtiromga, e’tiboru e’zozga munosibdirlar.

Muhtarama ayollarimizga xos bo‘lgan mehnatsevarlik, mehribonlik, shukronalik va orastalik, ro‘zg‘orni, umuman, oilani oqilona boshqarish fazilatlarini ta’riflashga til ham ojizlik qiladi.

«Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko‘rki bo‘lgan xotin-qizlarni e’zozlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadriyat bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Chunki Sizlar bilan hayotimiz go‘zal va mazmunli, xonadonlarimiz obod va nurafshondir», deb e’tirof etadi Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev.

Aslida yurt tinchligi, farzandlar barkamolligi, o‘zining sog‘ligi, oila xotirjamligi, yaqinlarining sog‘-salomatligi ayol uchun eng katta baxt hisoblanadi. Biz har kuningiz ana shunday baxtli va bayramona bo‘lishini chin dildan tilaymiz!

Yana bir bor Sizlarni bahor elchisi bo‘lgan, o‘zingizdek go‘zal va dilbar bayramingiz bilan tabriklar ekanmiz, xonadonlaringizdan shodu xurramlik, qut-baraka arimasin, farzandlaringiz va yaqinlaringiz, qolaversa, bizning baxtimizga hamisha omon bo‘ling deymiz!

Qadrli opa-singillar, yuksak mehr va muhabbat ardog‘ida bo‘lish hammangizga har doim nasib etaversin! Bayramingiz muborak bo‘lsin!

«O‘zsanoatqurilishbank» Siz azizlarni yuksak qadrlaydi!

Reklama huquqi asosida

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring