Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘ztransgaz» suyultirilgan gaz narxining oshirilishiga izoh berdi

«O‘ztransgaz» suyultirilgan gaz narxining oshirilishiga izoh berdi

Foto: «Asr.uz»

Avvalroq xabar berganimizdek, bugun Milliy matbuot markazida «O‘ztransgaz» aksiyadorlik jamiyati rahbariyati va mas’ul xodimlari ishtirokida «Aholiga muntazam va uzluksiz gaz mahsulotlarini yetkazib berish borasida belgilangan chora-tadbirlar ijrosi» mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.

Anjumanda ishtirok etgan tashkilot boshqarma boshlig‘i Akmal Eshonqulov avgust oyidan boshlab suyultirilgan gaz narxi barcha hududlarda 800 so‘mga yetkazilishi sababini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-dekabrdagi qaror bilan esa aholiga suyultirilgan gazni sotish narxlari belgilandi. Ushbu qaror ko‘ra, 2018-yil 1-apreldan aholiga sotiladigan 1,0 kilogramm suyultirilgan gazning narxi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 720 so‘m, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Toshkent viloyatlarida 700 so‘m, qolgan hududlarda 500 so‘m etib belgilangan.

2018-yil 1-avgustdan boshlab esa barcha hududlarida suyultirilgan gaz aholiga 1 kg uchun 800 so‘mdan yetkazib beriladi.

Boshqarma boshlig‘ining ma’lum qilishicha, ayni vaqtda 1 kg suyultirilgan gaz narxi  Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 720 so‘m, vodiy viloyatlarida 644,7 so‘m, Toshkent viloyatida 606 so‘m, Buxoro va Navoiy viloyatlarida 450 so‘m, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida 372 so‘m, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida esa 327,6 so‘mdan yetkazib berilyapti.

A.Eshonqulovning aytishicha, «ushbu chora-tadbirlar sohada olib borilayotgan ishlarni samaradorligini oshirib, ayniqsa kuz-qish mavsumini ko‘ngildagidek hamda betalafot o‘tkazish, gaz ta’minoti tizimidan xavfsiz foydalanish, ortiqcha yo‘qotishlarning oldini olishda muhim o‘rin tutadi».

«Maqsadimiz bitta — aholining suyultirilgan gazga bo‘lgan ehtiyojini to‘laqonli ta’minlash», — qo‘shimcha qildi boshqarma boshlig‘i. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring