Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘ztreyd» aksiyadorlik jamiyatiga rais tasdiqlandi

«O‘ztreyd» aksiyadorlik jamiyatiga rais tasdiqlandi

Foto: «Asia-Plus»

Doniyor Sodiqovich Qodirov Tashqi savdo vazirligi «O‘ztreyd» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvining raisi etib tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida xabar berildi.

D.Qodirov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar «O‘zagroekspotrbank» aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Eslatib o‘tish kerak, «O‘ztreyd» AJ 2017-yil 26-maydagi Prezident qaroriga muvofiq tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy vazifasi yurtimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sotish bo‘yicha yangi bozorlarni izlash va o‘zlashtirish hisoblanadi.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring