Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Parijda noma’lum kimsa pichoq bilan odamlarga hujum qildi

Parijda noma’lum kimsa pichoq bilan odamlarga hujum qildi

Foto: «RIA Novosti»

Parijda noma’lum kimsa pichoq bilan 7 kishini yaraladi. Voqea kechki payt Parij shahrining 20-okrugidagi kinoteatr yaqinida sodir bo‘lgan. Dastlab jinoyatchi metall sim bilan bir erkak va ayolga tan jarohati yetkazgan. Hujumga guvoh bo‘lgan bir kishi jinoyatchiga metall shar otib uni qo‘rqitib yuborgan. Shundan so‘ng bezori qochib ketgan. Keyinroq esa Anri Noger ko‘chasida ikki nafar angliyalik sayyohga hujum qilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida yetti kishi jabrlangan. Ulardan besh nafari jonlantirish bo‘limida.

Bezori jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi tomonidan qo‘lga olingan. Hujum terakt emasligi aniqlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring