Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Parijda «qizil sharflilar» paydo bo‘ldi. Ular kim?

Parijda «qizil sharflilar» paydo bo‘ldi. Ular kim?

Foto: EPA

Kecha, 27-yanvar kuni Fransiya poytaxti Parijda yangi harakat vakillari — «qizil sharflilar» namoyishga chiqishdi. Ular «Fransiyada tinchlik uchun» shiori ostida «sariq nimchalilar»ning quyushqondan chiqishiga qarshi kurashmoqda.

«Respublika ozodlik marshi» nomi ostida o‘tgan ushbu namoyish, Parij politsiyasi hisob-kitobiga ko‘ra, 10 mingdan ziyod qatnashchini to‘pladi. Eslanishicha, xalq hukumatni qo‘llab-quvvatlash uchun oxirgi marotaba bunday katta namoyishga Sharl de Goll davrida, 1968-yili Yelisey maydonida to‘plangan ekan.

Namoyishchilarning barchasi qizil sharflarda, ular kiyib olgan oq futbolkalarga va plakatlarga «Men o‘z respublikamni sevaman», «Yo‘qolsin zo‘ravonlik» kabi yozuvlar tushirilgan. Millat maydonidan Respublika maydonigacha bo‘lgan masofani «qizil sharflilar» jo‘r ovozda davlat madhiyasini kuylab, «Bizga demokratiya kerak!, «Yashasin demokratiya, yo‘qolsin inqilob!» hayqiriqlari ostida bosib o‘tishdi.

Namoyishchilar «sariq nimchalilar»ning dastidan odamlar ko‘chaga chiqishga qo‘rqib qolganidan xavotirda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring