Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Paxtakor» — «Navbahor» uchrashuvida ishlagan hakamlar Superligadan chetlatildi

«Paxtakor» — «Navbahor» uchrashuvida ishlagan hakamlar Superligadan chetlatildi

Foto: «Ufa.uz»

Superliga 8-turi doirasidan o‘rin olgan «Paxtakor» — «Navbahor» uchrashuvida 2:2 hisobi qayd etilganidan muxlislarning xabari bor. Mazkur o‘yin O‘FA Hakamlar va nazoratchilar departamenti xodimlari hamda mutaxassislar ishtirokida tahlil qilindi.

Tahlil natijasida, o‘yinni boshqarib borgan bosh hakam Zokir Qodirov va yon hakam Ruslan Samandarov uchrashuv davomida qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ygani aniqlandi va ular Superliga o‘yinlaridan chetlatildi.

Jumladan, uchrashuvni boshqarib borgan bosh hakam Zokir Qodirov Superliganing 3ta o‘yiniga, yon hakam Ruslan Samandarov esa nomuayyan muddatga Superliga o‘yinlaridan chetlatildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring