Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Paynet» mojarosi, sudda oqlangan jurnalistlar, dollar inqirozi, Putinning qasamyodi, 9 may atrofidagi munozaralar, yarim yilga yopilayotgan ko‘cha va boshqa xabarlar

«Paynet» mojarosi, sudda oqlangan jurnalistlar, dollar inqirozi, Putinning qasamyodi, 9 may atrofidagi munozaralar, yarim yilga yopilayotgan ko‘cha va boshqa xabarlar

Kollaj: «Xabar.uz»

Bugun, 7-may kuni O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan xabarlar, yangiliklar haqida yana bir bor eslab o‘tamiz. Shuningdek, saytimizda e’lon qilingan dolzarb maqolalar va foydali ma’lumotlarni ham tavsiya qilamiz.

Siyosat

O‘zbekistonga BAA investorlari keng jalb etiladi

Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon Prezident Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayonning yuksak hurmati va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Jamiyat

Jurnalistlar «uysiz» qolmaydi. Toshkentning yangi hokimi muammoni hal qildi

«Toshbozorsavdo» tomonidan kredit qoplanmagani oqibatida shahar markazidagi jurnalistlar binosi o‘z bahosidan ancha arzon miqdorda auksionga qo‘yilgani haqidagi maqolaga Toshkent shahar hokimligi befarq bo‘lmadi.

Xorijdan qaytgan yurtdoshimiz vazir o‘rinbosari bo‘ldi

U monetar siyosat, bank tizimi, budjet siyosati, soliq tizimi, ijtimoiy xizmatlar, pensiya ta’minoti, qishloq va suv xo‘jaligini rivojlantirish, shuningdek, demografiya va aholi bandligini tadqiq etish bo‘yicha innovatsion yechimlarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq qilish masalalari bilan shug‘ullanadi.

«Toshkent gerbi» o‘rniga Berdaq haykali o‘rnatiladi

Bir necha kun oldin olib tashlangan «Toshkent gerbi» monumenti o‘rniga qaraqalpoq shoiri Berdaq haykali o‘rnatilishi rejalashtirilmoqda.

Markaziy saylov komissiyasi rahbariyatida o‘zgarish bo‘ldi

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosarini saylash masalasi ham ko‘rib chiqildi. Ushbu lavozimga komissiya a’zosi Rahimova Gulnoza Abdusattarovna saylandi.

«Paynet» faoliyati to‘xtatilmaydi, balki aholiga yanada qulay xizmat ko‘rsatishni boshlaydi

Internet tarmoqlarida «O‘zbekistonda «PAYNET» faoliyati to‘xtatiladi» mazmundagi aholini chalg‘ituvchi xabarlar tarqalmoqda.

Bosh prokuratura matbuot xizmati boshlig‘i boshqa ishga o‘tdi

G.Rahimova Toshkent davlat universitetini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos. Ko‘p yillar davomida prokuratura organlari tizimida mas’ul lavozimlarda ishlab kelgan.

Rasmiy hujjatlarsiz to‘yga chiqayotgan «artistlar» aniqlandi

Ushbu holatlar yuzasidan viloyat davlat soliq boshqarmasi tomonidan hujjatlar rasmiylashtirilib, ushbu fuqarolarning faoliyatlarini qonuniylashtirishda tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Bobomurod Abdullayev va boshqa sudlanuvchilar ozodlikka chiqarildi

«Xabar.uz» muxbirining xabar berishicha, Bobomurod Abdullayev, Hayotxon Nasriddinov, Shavkat Olloyorov va Ravshan Salayevlar sud majlisidan ozodlikka chiqarildi.

Bobomurod Abdullayev: «Sudning ochiq bo‘lishini kutmagan edim»

Bobomurod Abdullayev sud zalidan chiqqach, jurnalistlarga qisqa intervyu berdi.

Toshkentning ma’lum ko‘chalarida harakat yarim yilga cheklanadi

Barcha turdagi transport vositalari harakati cheklangan ko‘chalarni aylanib o‘tish uchun jamoat transportining harakat yo‘nalishlariga vaqtinchalik o‘zgartirishlar kiritiladi

Hodisa

Oqqo‘rg‘ondagi maktab-internat mansabdor shaxslari ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ta’lim muassasasining mansabdor shaxslari tomonidan ushbu kasalliklarni erta aniqlash va bolalar kasallanishining oldini olish choralari ko‘rilmasdan, aksincha, noto‘g‘ri davolash ishlari o‘tkazilib, tibbiy me’yorlarga mos bo‘lmagan muolajalar olib borilgan.

Samarqandda bir ayol «kreditor»ini o‘ldirdi

Keyingi safar u yangasidan 2 ming dollar qarzga oladi va pullarni uch oydan so‘ng foizi bilan qaytarishga qarindoshini ishontiradi. Biroq qarzni qaytarish muddati yetgach, M.S. har kuni undan pullarni qaytarishini talab qila boshlaydi.

Iqtisodiyot

Moliya vazirligi ish haqi to‘lash bo‘yicha ma’lumot berdi

Moliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan budjet tashkilotlarining ish haqi to‘lovlari 5 ish kunidan kechiktirmay to‘lanishi bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda va tegishli to‘lov hujjatlarini g‘aznachilik organlariga o‘z vaqtida taqdim etilishi yuzasidan tegishli tarmoq vazirliklar hamda budjet tashkilotlariga amaliy yordam ko‘rsatish ishlari olib borilmoqda.

Yevro kursi salkam 150 so‘mga arzonladi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 8-maydan e’tiboran xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Sport

Superliganing 10-tur o‘yinlariga salkam 90 ming tomoshabin keldi

Bungacha rekord, Superliganing 3-turiga tegishli edi va unda jami 85 209 nafar tomoshabin kelgan edi.

O‘zbekiston terma jamoasi Kamerun bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadimi?

Bir necha kun oldin Kamerun internet saytlarining birida 28-may kuni Toshkentda O‘zbekiston va Kamerun terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazilishi haqida xabar tarqatilgan edi.

Ronaldu bir qator o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu kecha «Barselona» bilan o‘yinda jarohat olib, maydonni erta tark etgan edi.

Texnologiya

Ekspertlar «Android» qurilamalarini 2 daqiqada buzish yo‘lini topdi

Amsterdam universitetining «VUSes» tadqiqot guruhi eksperlari «Android» platformasida ishlaydigan smartfonlarni buzishning yangi usulini aniqladi.

«Aliexpress»da «Xiaomi»ning hali taqdimoti o‘tkazilmagan smartfoni sotilmoqda

Xitoyning «GoldWay» do‘koni «Xiaomi Redmi S2» smartfoni uchun buyurtmalarni qabul qilishni boshlab yubordi. Qizig‘i, yangi gadjetning hali taqdimoti bo‘lib o‘tmagan.

Dunyo

Vladimir Putin to‘rtinchi bor prezidentlikka kirishdi

Rossiya xalqi prezident Vladimir Putinga shu yil mart oyida bo‘lib o‘tgan saylovda yana bir bor ishonch bildirgan edi. Bugun Vladimir Putin to‘rtinchi marta prezidentlikka kirishish marosimida ishtirok etib, xalqiga chuqur minnatdorlik bildirdi.

Isroil: «Bashar Asadni o‘ldirishimiz mumkin»

Isroil energiya vaziri Yuval Steynits agar Eron Suriya hududidan Isroilga hujum qilsa, Isroil Suriya prezidenti Bashar Asadni o‘ldirib, rejimni yo‘q qilishi mumkinligini aytgan.

Rossiya hukumati iste’foga chiqdi

Rosssiya Prezidenti Vladimir Putin qasamyod qilishi bilanoq hukumat a’zolari iste’foga chiqdi.

Tavsiya qilamiz

Yelizaveta Shiller: «O‘zbeklar men kabi yuz minglab urush jabrdiydalariga qaynoq bag‘ridan joy bergan» (foto)

Bolaligining eng shodon, quvonchli kunlarini asirlikda, fashistlarning konslagerida o‘tkazgan Yelizaveta Mixaylovna uchun bu dorilomon kunlarning qadri o‘zgacha. Yetimlikda voyaga yetib, o‘z hayotini mustaqil qurishga odatlangan, baxtini O‘zbekistondan topgan ayol uchun soha vakillarining tashrifi har gal bayramga aylanib ketadi. Bu gal ham shunday bo‘ldi.

9 may... Sobiq ittifoq qaytishidan xavotirlanmang!

Bugun urush yillarining yorqin xotiralarini uyg‘otuvchi sahna ko‘rinishlari namoyish qilinmoqda, qo‘shiqlar kuylanmoqda, tadbirlarga o‘sha kunlar, g‘alaba onlari ruhi singdirilmoqda — ammo «qizil» mafkura emas! Chunki bu «qizil» mafkura g‘alabasi emas, yosh jonini fashist o‘qiga tutgan, hozirda davramiz to‘rida o‘tirgan mana shu bobolarimiz g‘alabasi! 

9 maydan boshlanayotgan yoxud unutilayotgan tarix

Har yili 9-may yaqinlashaversa mening hayratim oshaveradi. Sababi, bundan 78 yil oldin erishilgan g‘alabani biz yildan-yil ashaddiyroq tarzda nishonlayapmiz. Yillar o‘tgan sayin o‘sha kun bizdan uzoqlashayapti, biz esa undan ayrilgimiz kelmay quvayapmiz.

Shomahmudovlarning 16 farzandi

Shomahmudovlar chinakam insonparvarlikni ulug‘lovchi oila sifatida katta jasorat, qahramonlik ko‘rsatishdi. Yozuvchi Rahmat Fayziyning «Hazrati inson» romani, «O‘zbekfilm» kinostudiyasining «Sen yetim emassan» badiiy filmi yaratilishiga ularning hayoti asos bo‘lgan. Bu oila sharafiga 1982-yilning 26-mayida Toshkentda Xalqlar do‘stligi monumenti ochildi. Keyinchalik mazkur yodgorlik Toshkent shahriga kirish joyiga ko‘chirildi. Bugun esa...

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring