Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Pedagog bilan o‘qituvchining farqi nimada?

Pedagog bilan o‘qituvchining farqi nimada?

Foto: «surgpu.ru»

Savol: Pedagog bilan o‘qituvchining farqi nimada? 

Dilafro‘z ISOQOVA, Zangiota tumanidagi 30-maktab o‘qituvchisi 

Javob: Iste’molda pedagog va o‘qituvchi atamasini sinonim sifatida ishlatamiz. Bir qaraganda bu to‘g‘ri. Ammo ayrim qirralari bilan ikkisi bir-biridan farq qiladi. Ya’ni, pedagog (yun. paidagogos — tarbiyachi) — pedagogika mutaxassisi; bolalar va yoshlarni tarbiyalash va o‘qitish bilan shug‘ullanuvchi, shu soha bo‘yicha maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lgan shaxsdir. O‘qituvchi esa umumiy o‘rta ta’lim, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari hamda oliy o‘quv yurtlarida ta’lim-tarbiya ishlarini amalga oshiradigan, o‘quv jarayoniga rahbarlik qiladigan mutaxassisdir. 

Savolga pedagogika fanlari doktori Rohatoy SAFAROVA javob berdi.

marifat.uz saytidan olindi.

Izohlar 2

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring