Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pensiya yoshining oshirilishi pensiya tizimiga yordam beradimi?

Pensiya yoshining oshirilishi pensiya tizimiga yordam beradimi?

Foto: «1rre.ru»

Mamlakat aholisi qarimoqda, yoshlar xorijga ketib qolyapti, pensiyani hech bo‘lmaganda hozirgi darajada saqlab turish uchun pensionerlar sonini qisqartirish kerak. Litvada bu borada qanday choralar taklif etilayotgani haqida «Regnum» axborot agentligi shunday yozadi.

Pensiyalarning amaldagi hajmini saqlab qolish uchun takliflar — pensiya yoshini oshirish; soliqlarni oshirish; davlat pensiyalarini Ijtimoiy sug‘urta fondi (ISF) badallariga qo‘shimcha ravishda boshqa soliqlar hisobidan ham moliyalashtirish. Pensiya yoki soliq tizimi islohotlari doirasida takliflar berilayotgan bir paytda Litva pensiya tizimi jar yoqasida turganini inkor etib bo‘lmaydi.

ISF 3,5 mlrd. yevro qarzga botgani haqida yaqinginada gapirilayotgandi, endi esa siyosatchilar masala hal deyshmoqda. Agarda ISF qo‘shimcha 3,5 mlrd. topmagan va qarzini uzmagan bo‘lsa, qanday qilib masalaning yechimi topilgan bo‘lishi mumkin? Shunchaki davlat budjetidagi ISFning qarzi davlat budjetining o‘ziga o‘tkazilgan. Bu davlatning qarzlarini to‘lovchi soliq to‘lovchilar uchun hech narsani o‘zgartirmaydi, chunki ularning qarzlari bekor qilingani yo‘q. Islohotlar doirasida davlat budjetidan to‘lanuvchi bazaviy pensiyaning kiritilishi esa shunchaki Ijtimoiy sug‘urta fondi zimmasidagi majburiyatlarning bir qismini davlat budjetiga ag‘daradi.

Pensiya yoshini oshirish takliflari to‘g‘risida gapiriladigan bo‘lsa, bu ISFga o‘z majburiyatlaridan qisman xalos bo‘lish yo‘llaridan biri. Bu usul odamlarni ikki karra dog‘da qoldiradi: ular ISFga bir yil ko‘p to‘lashadi va bir yil kam olishadi. Yakunda soliq to‘lovchi pullaridan ayriladi, ISF esa iqtisod qiladi, bu qanaqasi, qarzlari kechirilgan, bo‘lg‘usi majburiyatlardan ozod etilgan korxona bankrot sanalmaydimi?

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring