Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Peterburgdagi O‘zbekiston konsulxonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Peterburgdagi O‘zbekiston konsulxonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Foto: «Glamius.ru»

Kecha, 14-mart kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida O‘zbekiston Bosh konsulxonasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.

Tadbirda Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Sankt-Peterburg shahridagi vakolatxonasi rahbari V.Zapevalov, shahar Tashqi aloqalar qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi S.Markov, Leningrad viloyati Tashqi aloqalar qo‘mitasi raisi A.Minin, o‘zbek diasporasining vakillari va jurnalistlar ishtirok etishdi.

— Shahrimiz hukumati O‘zbekiston bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga katta e’tibor qaratmoqda, — dedi Sankt-Peterburg shahrining hokimi Georgi Poltavchenko. — Biz hamkorlikni kengaytirish, tashriflarni tashkil etishga o‘zaro intilishni va boshqa ko‘plab ikki tomon uchun ham manfaatli loyihalarni yuqori baholaymiz.

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi quyidagi manzilda joylashgan: Rossiya Federatsiyasi, Sankt-Peterburg shahri, 4-Krasnoarmeyskaya ko‘chasi, 4A-uy.

Eslatib o‘tamiz, shu oy boshida Sankt-Peterburg shahridagi O‘zbekiston Respublikasining Bosh konsulxonasi o‘z faoliyatini boshlagan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring