Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ilon ayolni yamlamay yutdi

Ilon ayolni yamlamay yutdi

Foto: «Thejakartapost»

Indoneziyada 8 metrli piton (yirik bo‘g‘ma ilon) bir ayolni butunlay yutib yubordi. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar bermoqda.

Bu voqea Sulavesi orolida sodir bo‘lgan. 8 metrli piton 54 yoshli ayolni yeb qo‘ygan.

Ayol orolning janubi-sharqidagi bog‘ida ishlayotgan bo‘lgan. U uyga qaytmagach, ertasi kuni farzandlari uni qidirib boqqa kelishgan. U yerda ayolning poyabzali, ro‘moli va suyaklarini ko‘rishgan. Sal narida esa pitonning do‘mpayib yotganiga guvoh bo‘lishgan.

Mahalliy aholi ilonni tutib, qornini yorib ko‘rishganida uning qornidan ayolning kiyimlari chiqqan.

Avvalroq Indoneziyada eng uzun piton tutib o‘ldirilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring