Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Pivo ham alkogol, duch kelgan joyda ichishga jarima bor

Pivo ham alkogol, duch kelgan joyda ichishga jarima bor

Jamoat joylarida alkogol mahsulotini iste’mol qilish holatlariga befarq bo‘lmang!

Foto: «delo.ua»

«Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 187-moddasiga ko‘ra alkogol mahsulotini:

  • ish joylarida, ko‘chalarda, stadionlarda, xiyobonlarda, istirohat bog‘larida, jamoat transportining barcha turlarida;
  • boshqa jamoat joylarida (to‘ylar, yubileylar hamda boshqa tantanalar va marosimlar o‘tkaziladigan joylar, shuningdek alkogol mahsulotini quyib realizatsiya qilishga ruxsat etilgan savdo va umumiy ovqatlanish ob’yektlari bundan mustasno) iste’mol qilish — eng kam ish haqining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi;
  • xuddi shunday huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish - eng kam ish haqining ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

✳ Eslatib o‘tamiz, amaldagi qonunchilikka muvofiq pivo ham alkogol mahsulot hisoblanadi (alkogolsiz pivodan tashqari).

Bunday huquqbuzarlikka duch kelganingizda ichki ishlar organlariga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin!

  • «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi Qonunning 16-moddasiga ko‘ra, ichki ishlar organlari jinoyat, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyga, hodisa joyiga darhol yetib kelishi, g‘ayriqonuniy qilmishlarga chek qo‘yishi, fuqarolarning xavfsizligiga tahdidlarni bartaraf etishi, jinoyat, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilganligi holatlarini, hodisa holatlarini hujjatlashtirishi, jinoyat, ma’muriy huquqbuzarlik, hodisa izlarining saqlanishini ta’minlashi shart.

Jamoat joylarida alkogol mahsulotini iste’mol qilish holatlariga befarq bo‘lmang, huqubuzarliklar profilaktikasiga o‘z hissangizni qo‘shing!»- deb yozadi Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring