Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Piyodani urib ketgan Bosh prokuratura boshqarmasi haydovchisiga jinoiy ish ochildi

Piyodani urib ketgan Bosh prokuratura boshqarmasi haydovchisiga jinoiy ish ochildi

Foto:«Xabar.uz»

Bosh prokuraturaning O‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi Bosh prokuratura boshqarmasi haydovchisi J.A.ga nisbatan JKning 266-moddasi 2-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu haqda  Bosh prokuratura matbuot xizmatiga asoslanib, «Daryo» xabar berdi.

Bosh prokuratura boshqarmasi haydovchisi J.A. joriy yilning 24-yanvarida soat 19:15 larda xizmat yuzasidan o‘ziga biriktirilgan Lacetti 2 rusumli avtomashinani Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi bo‘ylab yo‘lning birinchi harakatlanish bo‘lagidan boshqarib ketayotib, Shahrisabz—Taraqqiyot ko‘chalari chorrahasi piyodalar o‘tish joyiga yaqinlashgan vaqtida, amaldagi «Yo‘l harakati qoidalari»ning 111-bandidagi «Tartibga solingan piyodalar o‘tish joylarida haydovchilar svetoforning ruxsat etuvchi ishorasi yongan taqdirda ham piyodaga qatnov qismini shu yo‘nalishda kesib o‘tishni tugallashiga imkon berishlari kerak» deb ko‘rsatilgan talablariga rioya qilmagan holda harakatini davom ettirib, sekinlashish choralarini ko‘rmasdan, chorrahaning piyodalar o‘tish joyidan o‘tib kelayotgan 1960 yilda tug‘ilgan N.X.ni avtomashinaning old o‘ng tomoni bilan urib yuborgan.

Natijada jabrlanuvchi og‘ir tan jarohatlari bilan, 1-sonli Respublika klinik shifoxonasiga joylashtirilgan va 29- yanvar kuni shifoxonada vafot etgan.

Jinoyat ishi yuzasidan olib borilgan tergov harakatlari davomida tegishli ekspertizalar o‘tkazilib, J.A.ga JKning 266-moddasi 2-qismi bilan ayblov e’lon qilingan.

«Hozirda jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari tamomlanib, jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan sudga yuborish arafasida. Mazkur holat yuzasidan qonuniylik qat’iy ta’minlanishi kafolatlanadi»— deyilgan prokuratura xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring