Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Poytaxt doimiy aholisi soni qanchaga oshdi?

Poytaxt doimiy aholisi soni qanchaga oshdi?

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrining doimiy aholisi soni 2018-yil 1-aprel holatiga 2475,9 ming kishini tashkil etib, 2018-yilning yanvar-mart oylarida 11,0 ming kishiga yoki 0,4 %ga o‘sgan.

2018-yilning yanvar-mart oylarida 10,1 ming bola tug‘ilgani qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda tug‘ilish koeffitsiyenti 1000 aholiga nisbatan 16,6 promilleni tashkil etib, 2017-yilga nisbatan 0,9 ga (2017-yilning mos davrida - 15,7 promille bo‘lgan) o‘sdi.

2018-yilning yanvar-mart oylarida 4,3 mingta o‘lim qayd etilgan bo‘lib, shundan 143 nafarini 1 yoshgacha vafot etgan bolalar soniga to‘g‘ri kelmoqda. O‘lim koeffitsiyenti 7,0 promilleni tashkil etib, 2017-yilning mos davriga nisbatan 0,1 ga o‘sdi (2017-yilning mos davrida - 6,9 promille bo‘lgan).

Poytaxt aholisining tabiiy o‘sishi 5,8 ming kishini tashkil etib va 2017-yilning mos davriga nisbatan 0,6 ga o‘sishi (2017-yilning mos davrida 5,2 ming kishi bo‘lgan) kuzatildi.

FHDYo organlarida 2018-yilning yanvar-mart oylarida 3,1 mingta nikoh va 1,0 mingta nikohdan ajralishlar qayd etildi. 1000 aholiga nisbatan nikoh tuzish koeffitsiyenti 5,0 promilleni tashkil qilib, 2017 yilning mos davriga nisbatan 0,1 ga o‘sdi (2017 yilning mos davrida - 4,9 promille bo‘lgan). Nikohdan ajralish koeffitsiyenti 1000 aholiga nisbatan 1,6 promilleni tashkil etib, 2017-yilning mos davriga nisbatan o‘zgarishsiz (2017-yilning mos davrida 1,6 promille bo‘lgan) qoldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring