Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident askarlarning qanday kitob o‘qishi bilan qiziqdi (foto)

Prezident askarlarning qanday kitob o‘qishi bilan qiziqdi (foto)

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev 20-may kuni Sharqiy harbiy okrugga qarashli harbiy qismlardan biriga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Mamlakatimizning yangi Mudofaa doktrinasiga muvofiq bu yerda tarkibiy-tashkili o‘zgarishlar amalga oshirilgan. Oziq-ovqat bilan ta’minlash bo‘yicha autsorsing tizimi joriy qilingan. Bu harbiy xizmatchilarning butun kuch-g‘ayratini o‘z professional malakasini oshirishga qaratish imkonini bermoqda.

Davlatimiz rahbari askarlarning qanday kitob o‘qigani bilan qiziqdi.

«Harbiy xizmatchilarning bir daqiqa vaqtiyam bekor o‘tmasligi kerak. Jismoniy mashg‘ulotlar bilan birga har kuni o‘qishi, chet tilini o‘rganishi, dunyoqarashini kengaytirishi zarur. Vatan himoyachisi degan nomga har kuni munosib bo‘lishi kerak», dedi Shavkat Mirziyoyev.

Harbiy qismda shaxsiy tarkibning jangovar mahoratini oshirishi, sport bilan shug‘ullanishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Dam olish kunlarida bu yerda olimlar va san’atkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi, spektakllar namoyish etiladi.

Shavkat Mirziyoyev shu yerga to‘plangan askarlar, ziyolilar bilan suhbatlashdi.

«Armiyani moddiy jihatdan ta’minlayapmiz, zamonaviy texnika va aslahalar bilan qurollantiryapmiz. Ammo shaxsiy tarkibning ma’naviy-ruhiy tayyorgarligiga yetarlicha e’tibor berilmayapti. Jismoniy va jangovar holatni sinovdan o‘tkazish bo‘yicha poligonlar, mashg‘ulotlar bor. Xuddi shunday, askarlar ma’naviyati, ruhan baquvvatligi bo‘yicha ham katta tayyorgarlik bo‘lishi kerak» dedi Prezident.

Davlatimiz rahbari harbiy xizmatchilarning ma’naviy-ruhiy tayyorgarligini oshirishga doir qaror ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring