Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berishda yo‘qotishlarga yo‘l qo‘yilayotganini tanqid qildi

Prezident iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berishda yo‘qotishlarga yo‘l qo‘yilayotganini tanqid qildi

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati

25-yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati tizimida geologiya-qidiruv va qazib olish ishlari samaradorligi, yoqilg‘i materiallari bilan ichki ehtiyojni ta’minlashning ahvoli, tizimdagi istiqbolli vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda gaz taqsimlash tizimi jismonan eskirgani va iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berishda yo‘qotishlarga yo‘l qo‘yilayotgani tanqid qilindi.

Xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda yuqori va o‘rta bosimli gaz taqsimot tizimini rivojlantirish, avtotransportlarni gazga o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, iste’molchilarning energiya resurslaridan samarali foydalanish madaniyatini oshirish muhimligi qayd etildi.

Neft-gaz sohasini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish, «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyatining kredit reytingini aniqlash ishlarini jadallashtirish bo‘yicha ham vazifalar belgilandi.

Muhokama qilingan masalalar bo‘yicha zarur hujjatlar qabul qilish va belgilangan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring