Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident qarori. Bu safar soliq tizimiga navbat

Prezident qarori. Bu safar soliq tizimiga navbat

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 26-iyun kuni «Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

Unga ko‘ra, 2019-yil 1-yanvardan davlat soliq xizmati organlari xizmat ko‘rsatish, savdo va umumiy ovqatlanish sohasidagi tadbirkorlik sub’yektlari uchun yagona soliq to‘lovini, yagona yer solig‘ini, yuridik shaxslardan yer solig‘ini, shuningdek, bank aylanmalari haqidagi ma’lumotlar, shuningdek, boshqa tashqi manbalar asosida deklaratsiya qilinadigan daromadlar bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hisoblash tarzida soliq to‘lovchilarga servis xizmatlari ko‘rsatadi hamda hisoblangan soliqlar summasi haqida soliq to‘lovchining «shaxsiy kabineti» orqali xabarnoma yuboradi.

2018-yil 1-iyuldan:

— davlat soliq xizmati organlari xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatida o‘tkazilgan xronometraj natijalariga ko‘ra oxirgi hisobot davri uchun tovar (ish, xizmat)lar realizatsiyasidan kamaytirib ko‘rsatilgan tushumni va xodimlar sonini qayta hisob-kitob qilgan holda soliqlarni hisoblashni amalga oshirish haqida talabnoma yuboradi, kamaytirib ko‘rsatish takroran aniqlanganda, ushbu harakatlar soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash sifatida malakalanadi;

— uchinchi shaxslar tomonidan soliq to‘lovchi-jismoniy shaxs uchun to‘langan soliq summasi soliq to‘lovchining soliq solinadigan daromadi hisoblanmaydi;

— davlat soliq xizmati organlari soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash uchun asos bo‘ladigan ko‘zdan kechirish dalolatnomasini tuzish orqali soliq to‘lovchilarning pasportlashtirilishini yuritadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring