Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident qarori: O‘zbekistonning 2019-yilga mo‘ljallangan investitsiya dasturi tasdiqlandi

Prezident qarori: O‘zbekistonning 2019-yilga mo‘ljallangan investitsiya dasturi tasdiqlandi

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori imzolandi.

Qaror faol investitsiya siyosatini davom ettirish, amaldagi ishlab chiqarishlarni texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash va yangi yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish bo‘yicha strategik va muhim ahamiyatga ega bo‘lgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun investitsiyalarni, shu jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish hamda samarali o‘zlashtirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni inobatga olgan holda sa’y-harakatlarni jamlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish, shuningdek, buning asosida aholi bandligini, ularning turmush darajasi va sifati oshirilishini ta’minlash maqsadida qabul qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi tomonidan Moliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ishlab chiqilgan, quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi:

  • 2019-yilda kapital qo‘yilmalarning asosiy parametrlari;
  • 2019-yilda ijtimoiy, uy-joy, muhandislik va transport infratuzilmasi ob’yektlarini ishga tushirish prognozi;
  • 2019-yilda ob’yektlar va ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish manzilli dasturi, jumladan quyidagilar tasdiqlanmoqda:

a) O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan, 2019-yilda ob’yektlar qurish va ularni rekonstruksiya qilish manzilli dasturi;

b) markazlashtirilgan investitsiyalar hisobidan moliyalashtiriladigan:

  • 2019-yilda melioratsiya ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya qilish, shuningdek, texnikalar xarid qilish manzilli dasturi;
  • 2019-yilda avtomobil yo‘llari, ko‘priklar va yo‘l o‘tkazgichlar qurish va rekonstruksiya qilish, shuningdek, ob’yektlarni jihozlash va texnikalar xarid qilish manzilli dasturi;
  • 2019-yilda oliy ta’lim muassasalari, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari, bolalar musiqa va san’at maktablari, tibbiy, ilmiy-tadqiqot, umumta’lim va maktabgacha ta’lim muassasalari ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash manzilli dasturlari;
  • 2019-yilda ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlari ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya qilish manzilli dasturi;
  • 2019-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida loyihalarni moliyalashtirishni tashkil qilgan holda Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish manzilli dasturi;

v) 2019-yilda O‘zbekiston Respublikasi davlat kafolati bilan xorijiy kreditlarni jalb qilgan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli dasturi;

g) 2019-yilda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘larini jalb qilgan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli dasturi;

d) 2019-yilda tarmoq investitsiya loyihalari doirasida investitsiyalarni o‘zlashtirish yig‘ma manzilli dasturi;

ye) markazlashtirilmagan investitsiyalar hisobidan moliyalashtiriladigan:

  • 2019-yilda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb qilgan holda amalga oshiriladigan tarmoq investitsiya loyihalarining manzilli dasturi;
  • 2019-yilda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda amalga oshiriladigan hududiy investitsiya loyihalarining manzilli dasturi;

j) quyidagilar:

  • 2019-yilda loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlashni jadallashtirish talab etiladigan investitsiya loyihalari ro‘yxati;
  • 2019-yilda ko‘rib chiqiladigan istiqbolli investitsiya va infratuzilma tarmoq loyihalari ro‘yxati;
  • 2019-yilda loyihaoldi va loyiha hujjatlari ishlab chiqiladigan hamda tasdiqlanadigan, qurilishi va rekonstruksiya qilinishi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishi nazarda tutilayotgan ob’yektlar ro‘yxati;
  • 2019-yilda loyihaoldi va loyiha hujjatlari ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan, markazlashtirilgan investitsiyalar hisobidan moliyalashtirilishi nazarda tutilayotgan ijtimoiy soha ob’yektlari ro‘yxati ma’qullanmoqda.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring