Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident qaroriga muvofiq «Ilg‘or fermer» ko‘krak nishoni ta’sis etildi

Prezident qaroriga muvofiq «Ilg‘or fermer» ko‘krak nishoni ta’sis etildi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga muvofiq, «Ilg‘or fermer» ko‘krak nishoni ta’sis etildi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida xabar berildi.

«Ilg‘or fermer» ko‘krak nishoni bilan sohada salmoqli natijalarni qo‘lga kiritayotgan, ko‘p tarmoqli faoliyatni yo‘lga qo‘ygan, moddiy-texnik bazasi mustahkam, tajribali va ilg‘or fermer xo‘jaliklari rahbarlari taqdirlanadilar.

Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha takliflar tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi hamda yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi bilan hamkorlikda tuman Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan shakllantiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring