Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda Prezidentga go‘sht narxini arzonlashtirishning muqobil varianti taqdim etildi

Buxoroda Prezidentga go‘sht narxini arzonlashtirishning muqobil varianti taqdim etildi

Foto: «President.uz»

Shavkat Mirziyoyev Buxoro tumanidagi «Buxorobaliqsanoat» mas’uliyati cheklangan jamiyatida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

«Buxorobaliqsanoat» tomonidan tashkil etilgan baliq yetishtirish va uni qayta ishlash loyihasi aholini ushbu tansiq mahsulot bilan ta’minlashga xizmat qiladi. Bu xalqimiz ratsionini kengaytirish, salomatligini mustahkamlash bilan birga go‘sht narxini arzonlashtirish imkonini beradi.

Qo‘shimcha yer ajratilishi va zamonaviy texnologiyalar joriy etilishi natijasida korxona quvvati yanada kengayadi. Chavoq yetishtirish, baliq go‘shtini dudlash, ozuqa ishlab chiqarish, sohadagi xo‘jaliklarga xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi. Yigirmadan ortiq ish o‘rni yaratiladi.

Prezident Buxoroda tabiiy ko‘llar ko‘pligi, ularda baliq yetishtirishni yanada ko‘paytirish mumkinligini ta’kidladi. Buxoro viloyatida bu sohani rivojlantirishga yana 100 milliard so‘m ajratish, mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring