Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezidentlar Texnoparkka tashrif buyurishdi (foto)

Prezidentlar Texnoparkka tashrif buyurishdi (foto)

Foto: Prezident matbuot xizmati

Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Toshkent shahridagi Texnoparkka tashrif buyurdi.

Davlatimiz rahbari tomonidan asos solingan ushbu sanoat majmuasida umumiy qiymati 365 million dollarlik 17 ta loyiha yo‘lga qo‘yilgan. Bugungi kunda shundan 13 tasi ishga tushgan bo‘lib, elektron gaz hisoblagich, muzlatgich, sanoat konditsionerlari va sovutish tizimlari, lift va eskalatorlar, suv nasoslari, eshik va deraza romlari uchun aksessuarlar yasalmoqda.

Bu yil izolyasiya mahsulotlari, suv isitish uskunalari, oshxona texnikasi korxonalari hamda logistika markazi ishga tushiriladi.

Tojikistonlik mehmonlarga Texnoparkda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning afzalliklari haqida so‘zlab berildi.

Bu tovarlar xorijiy brendlar nomida va ularning nazorati ostida tayyorlanishi bois xaridorgir. Sifat va narx mutanosibligi bilan qo‘shni mamlakatlar bozoridan ham o‘rin egallamoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ikki davlatning turdosh muassasalari rahbarlariga o‘zaro yaqindan ishlab, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, sanoat kooperatsiyasi va savdoni kengaytirish zarurligini ta’kidladi.

Mamlakatimizning sanoat salohiyati, mahsulotlarning keng assortimenti va sifati mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring