Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezidentning «Huawei»ga tashrifi, Qibraydagi go‘sht mojarosi, Putin va Kimning yakka suhbati va boshqa xabarlar

Prezidentning «Huawei»ga tashrifi, Qibraydagi go‘sht mojarosi, Putin va Kimning yakka suhbati va boshqa xabarlar

25-aprel kuni ham turli qiziqarli voqealar va ma’lumotlarga boy bo‘lmoqda. «Xabar.uz» axborot-tahliliy portali ushbu kunda O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan xabarlar, yangiliklar haqida yana bir bor eslab o‘tadi. Shuningdek, e’lon qilingan dolzarb maqolalar va foydali ma’lumotlarni ham tavsiya qilamiz. Bizni kuzatishda davom eting.

Texnologiya

Shavkat Mirziyoyev: «Mamlakatimizda 5G texnologiyasini joriy etishni tezlashtirish kerak»

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev «Bir makon, bir yo‘l» xalqaro forumidagi ishtiroki doirasida 25 aprel kuni «Huawei» kompaniyasining Tadqiqotlar va innovatsiyalar markaziga tashrif buyurdi. 

«Huawei Technologies» raqamlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biridir. Innovatsion axborot mahsulotlari va yechimlari, ma’lumot uzatish tizimlari, optik qurilmalar, routerlar, tarmoq uskunalari, ma’lumot markazlari, iste’molchilar uchun smartfonlar, planshetlar, kompyuterlar, maishiy elektr jihozlari ishlab chiqarish kompaniya faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi.

Jamiyat

Vazirlik: «Bolalar taomiga buzilgan go‘sht emas, tuxum solingan»

Joriy yilning 23-aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Qibray tumanidagi 15-MTMda bolalar ovqatiga sifatsiz go‘sht solinayotganligi haqida videolavha tarqaldi.

Ushbu holatni Toshkent viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi komissiyasi batafsil o‘rganib chiqibdi. Uning natijalari bo‘yicha Maktabgacha ta’lim vazirligi izoh berdi. 

Putin birga bir suhbatda Kim Chen Inga nimalar dedi?

Foto:South China Morning Post

Kuni kecha Shimoliy Koreya rahbari Rossiyaga tashrif buyurgani xabar qilingan edi.

Bugun Rossiyaning Uzoq Sharqida joylashgan Russkiy orolida Vladimir Putin va KXDR rahbari Kim Chen In o‘rtasida ilk yakkama yakka muzokaralar boshlandi.

Dastlab Putin Kimni tashrif va KXDRda oliy lavozimga qayta saylangani bilan qutlagan. Shuningdek, Kim Chen Inning yadro masalasini hal etishda AQSh bilan muzokaralarini ham olqishladi.

Shuningdek, bizda...

Shavkat Mirziyoyev Xitoyda Aleksandr Lukashenko bilan uchrashdi

Gitlerning so‘nggi telegrammasi auksionda sotilmoqda

Qashqadaryoda og‘ir yarador bemor vertolyotda shifoxonaga yetkazildi (foto)

«Tashkent Law Spring»: Vazir gapni uzr bilan boshladi

Ob-havo ma’lumoti: 26 aprelda O‘zbekiston bo‘yicha faqat Toshkentda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Foto:«Xabar.uz»

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring