Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pul undirish uchun o‘zini o‘lganga solgan erkak rafiqasi va bolalarining vafotiga sabab bo‘ldi

Pul undirish uchun o‘zini o‘lganga solgan erkak rafiqasi va bolalarining vafotiga sabab bo‘ldi

Foto: «Haber7.com»

Xitoyda sug‘urta firibgarligi yo‘lida o‘zini o‘lganga solgan erkakning xotini o‘zi va ikki bolasining joniga qasd qildi, deya xabar beradi «Haber7.com».

Xe familiyali 34 yoshli kishining mashinasi daryo bo‘yida halokatga uchragan holda topilgan. Haydovchining o‘zi esa topilmagan.

Erkakning turmush o‘rtog‘i erini halok bo‘lgan, deya o‘zi va ikki bolasi bilan birgalikda ko‘lga sakragan.

O‘tgan hafta politsiya xodimlari Xeni Xunan shahrida qo‘lga olishgan. U sug‘urta bo‘yicha firibgarlik hamda qasddan tovarga zarar yetkazishda ayblanmoqda.

Xe shu yil sentyabr oyida 1 million yuan (145 ming AQSh dollari) miqdorida hayotni sug‘urtalovchi polis sotib olgan. «Voice of China» radiosining xabariga ko‘ra, Xe vafot etsa, uning xotini shuncha miqdorda sug‘urta badali olishi kerak edi. Shu bois u o‘zini o‘lganga solgan. Uning yuz mingdan ziyod qarzi bo‘lganligi aytilmoqda.

Shu yilning 11 oktyabr kuni Xening uyi yaqinidagi ko‘ldan uning 31 yoshli rafiqasi, 4 yoshli o‘g‘li va 3 yoshli qizining jasadlari topilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring