Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin ikki kunlik tashrif bilan Anqaraga keldi

Putin ikki kunlik tashrif bilan Anqaraga keldi

Foto: «Ria.ru»

Bugun, 3-aprel kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin ikki kunlik tashrif bilan Anqaraga keldi. Bu Rossiya rahbarining prezidentlik saylovidagi g‘alabasidan so‘ng ilk xorijiy safaridir.

Rossiya prezidentining tashrifi Akkuyu AESining qurilishiga start berilishiga oid videokonferensiya bilan boshlandi. Undan so‘ng Putin va Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘on tor doirada muzokara o‘tkazishi rejalashtirilgan. So‘ngra ikki davlatning oliy darajadagi hamkorlik kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi, unda bir qancha hujjatlar imzolanishi va matbuot anjumani o‘tkazilishi kutilmoqda.

Ertaga, 4-aprel — chorshanba kuni esa Rossiya, Turkiya va Eron rahbarlarining uchtomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring