Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Putin Kim Chen In bilan uchrashishga tayyor

Putin Kim Chen In bilan uchrashishga tayyor

Foto: «2000.ua»

Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin KXDR rahbari Kim Chen In bilan shaxsan uchrashishga tayyor ekanini bildirdi. Bu haqda Rossiya prezidentining 15 avgust kuni Koreyaning ozodlik kuni munosabati bilan yuborgan telegrammasida aytilgan, deya xabar bermoqda «Korrespondent.net». Telegramma Koreyaning Markaziy telegraf agentligi tomonidan e’lon qilingan.

«Ishontirib aytamanki, ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini va muhim hududiy masalalarni muhokama qilish uchun siz bilan yaqin orada uchrashishga tayyorman»,- deyiladi telegrammada.

Putin, shuningdek, Rossiya va KXDR o‘zaro manfaatli hamkorlik olib borishiga ishonch bildirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring