Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Putin prezident yordamchilarini tayinladi

Putin prezident yordamchilarini tayinladi

Foto: «Gazeta.ru»

Rossiya prezidenti Vladimir Putin prezident muovinlarini tayinladi. Bu haqda Kreml ma’lumotlariga tayanib «Gazeta.ru» xabar bermoqda.

Putin Larisa Brichyovani prezident muovini – davlat-huquqi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga, Andrey Belousni esa Rossiya prezidenti muovini lavozimiga qayta tayinladi.

Shuningdek, Andrey Fursenko ham prezident muovini lavozimiga qayta tayinlandi. Yuriy Ushakov esa prezident yordamchisi lavozimini saqlab qoldi. Igor Levitin ham o‘z lavozimini asrab qolgan.

Dmitriy Kalimulin prezident yordamchisi – referent lavozimiga qayta tayinlandi.

Sobiq Federal boshxona xizmati hamda Kareliya Respublikasi Federal xavfsizlik xizmati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan Anatoliy Serishevstal prezidentning yangi muovini bo‘ldi.

Shuningdek, general-polkovnik Dmitriy Shalkov prezidentning nazorat boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring