Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin Rossiyaning yagona maqsadini aytdi

Putin Rossiyaning yagona maqsadini aytdi

Foto: NTV

«Bu maqsadga har xil yo‘llar va vositalar bilan erishish mumkin bo‘lsa-da, maqsadimiz bitta — Rossiya fuqarolarining hayotini yaxshilash», — deya ma’lum qildi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xitoy xalqaro radiosiga bergan intervyusida. Bu haqda «Lenta.ru» xabar berdi.

7-may kuni Putin Rossiyaning 2024-yilga qadar milliy maqsadlari va strategik vazifalari to‘g‘risidagi farmonni imzolagan edi. Unda yangi hukumat faoliyatining 12 ta yo‘nalishi qamrab olingan. Qashshoqlik darajasini kamaytirish, aholi soni o‘sishini ta’minlash, aholining umrini uzaytirish, turmush darajasini ko‘tarish masalalari shular jumlasidandir. Hukumat hisob-kitobiga ko‘ra uni amalga oshirish uchun 25 trillion rubl kerak bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring