Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putinning farmoni turklarni xursand qildi

Putinning farmoni turklarni xursand qildi

Foto: «life.ru»

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiyaning ayrim toifa fuqarolari uchun viza tizimini bekor qilish haqida farmon chiqardi. Unga ko‘ra, maxsus pasport egalari, professional haydovchilar va xalqaro tashuvchilar Rossiya hududiga vizasiz kirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Ushbu hujjat Turkiya tomonidan katta xursandchilik bilan qarshi olindi. «Muzokaralar davom etmoqda. Umid qilamizki, Rossiya bora-bora fuqarolarimiz uchun viza tizimini batamom bekor qiladi. Buning ustida qattiq ishlayapmiz», deyiladi Turkiya tashqi ishlari vazirligi mabuot xizmati tarqatgan bayonotda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring