Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qanday mashq inson umrini uzaytiradi?

Qanday mashq inson umrini uzaytiradi?

Foto: «Google.com»

Mutaxassislarning tadqiqotiga ko‘ra, og‘ir jismoniy ishni qisqa vaqt davomida amalga oshirish turli kasalliklardan forig‘ bo‘lish imkonini beradi. Bu o‘rinda nafaqat jismoniy mashq, balki uni ma’lum vaqt oralig‘ida amalga oshirish ham muhim o‘ringa ega.

Olimlar 41 yoshdan 85 yoshgacha bo‘lgan 3878 inson ishtirokida tadqiqot o‘tkazishdi. Barcha ko‘ngillilar mushak kuchi bo‘yicha test sinovlaridan o‘tkazilgan. Unga ko‘ra jismoniy kuchi o‘rtachadan past bo‘lgan ishtirokchilarda turli kasalliklardan vafot etish xavfi uch-to‘rt barobar yuqori bo‘lishi aniqlandi.

Tadqiqotni o‘tkazgan professor Klaudio Gil Araujoning aytishicha, trenajer zalida odamlar asosan ko‘tariladigan toshning og‘irligiga yoki necha marta ko‘tarishga e’tibor berishadi. Olimning fikriga ko‘ra, buning o‘rniga bajariladigan jismoniy mashqning tezligiga e’tibor bergan ma’qul.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring