Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qarshi elektr korxonasi ikki yil avval vafot etgan fuqaroni «guvohlikka chaqirdi» (video)

Qarshi elektr korxonasi ikki yil avval vafot etgan fuqaroni «guvohlikka chaqirdi» (video)

«O‘zbekiston24» telekanalida efirga uzatilgan «Qarama-qarshi» ko‘rsatuvida aholining kommunal to‘lovlardan qarzdorligi muammosi ko‘tarilgan.

Ko‘rsatuvda ishtirok etgan O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi bo‘lim boshlig‘i Sherali Vahobov qiziq bir faktni keltirgan:

«Shunday holatlarni ham ko‘ryapmizki, o‘g‘rilikka gaz va elektr korxonasi ham qo‘l uryapti.

Mana mening qo‘limdagi hujjatda ikki yil avval vafot etgan fuqaroning ism-familiyasi yozilib, imzo qo‘yilgan. Bu ishga Qarshi elektr korxonasi qo‘l urgan», — deb aytdi u.

Sud qarori bilan tanishgan ko‘rsatuv boshlovchisining aytishicha,  2016-yilda vafot etgan insonni dalolatnoma tuzishda guvoh qilib chaqirilgan. Oradan yarim yil o‘tgach, xuddi shu viloyatda vafot etgan odamning nomiga qarzdorlik chiqarilgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring