Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qarshining 46 madrasasidan 43 tasi nega buzib tashlangandi?

Qarshining 46 madrasasidan 43 tasi nega buzib tashlangandi?

Suratdagi madrasa hujralari uzoq vaqt qamoqxona vazifasini o‘tagan, shu bois bu joy xalq tilida Qarshi turmasi deb atalgan.

Foto: «Xabar.uz»

Qarshi bekligi Sohibqiron Amir Temur va xonliklar davrida muhim strategik ob’yektlardan bo‘lgan. Ipak yo‘li chorrahasida joylashgan bu qadimiy shaharda hamma vaqt ilm-fan, madaniyat taraqqiy etgan. Yigirmanchi asrning boshlarigacha Qarshi va uning atrofidagi 46 ta madrasa madaniyat va ma’rifat rivojiga xizmat qilgan.

Ular, sho‘rolar hokimiyat tepasiga kelgach, ma’naviy va tarixiy ahamiyatini yo‘qotdi. Chunki sho‘rolarning maqsadi xalqning milliy boyligini yo‘q qilish, islom dini aqidalarini odamlar ongidan batamom supurib tashlash edi. Shu tariqa asrlar davomida millat ma’naviyatiga xizmat qilib kelgan osoriatiqalar yo‘q qilindi.

Hozirgi kunda 46 ta madrasadan bor-yo‘g‘i uchtasigina saqlanib qolgan. Ular ham qamoqxona sifatida foydalanilgani uchun qoldirilgan. Bu obidalar orasida sohibqiron bobomiz Amir Temur davrida qurilgan Odina masjidi eng qimmatlisidir. Masjid hududi qalin devorlar bilan o‘rab olinib, oqposhsha, keyinchalik sho‘rolar davrida turmaga aylantirilgan.

Odina masjidi (bugungi ko‘rinishi)

Faqat mustaqillik davridagina Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning tashabbusi va ko‘rsatmasi asosida ana shu noyob yodgorliklarning asl qiyofasi tiklandi. Har kuni ishga, o‘qishga qatnaydigan eski shahar aholisi bu yerda qimmatli tarixiy obidalar borligini ularning atrofi ochilib, rekonstruksiya qilingandan keyingina bildi.

Ko‘kgumbaz masjida (bugungi kunda)
Foto: «Nasafziyo.uz»
Ko‘kgumbaz masjida (bugungi kunda)
Foto: «Nasafziyo.uz»

Ayni kunda viloyat hududida besh mingdan ortiq madaniy meros ob’yektlari mavjud. Istiqlol yillarida ularning deyarli barchasida qurilish-ta’mirlash ishlari olib borildi. Ushbu manzillar viloyatning turistik salohiyatini oshirishga ham hissa qo‘shmoqda.

Qahramon Saydaliyev

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring