Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev: «Qashqadaryo misolida limonchilik uyushmasi tashkil etiladi»

Shavkat Mirziyoyev: «Qashqadaryo misolida limonchilik uyushmasi tashkil etiladi»

Foto: «President.uz»

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qarshi tumanidagi «Baxt» ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligiga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur fermer xo‘jaligi chorvachilik, parrandachilik, tuyachilik, yilqichilik, quyonchilikka ixtisoslashgan. 4 gektarda intensiv bog‘, 1 gektar maydonda issiqxona tashkil etilgan.

Davlat rahbari fermer xo‘jaligida qo‘shimcha tarmoqlarni ishga tushirish hisobiga yangi ish o‘rinlarini yanada ko‘paytirish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Shu yerda viloyatda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, achchiq qalampir, kovrak plantatsiyalari tashkil etish, chorvachilik, kurkachilik majmualari, pistazor va yong‘oqzorlar barpo etish, o‘rmon xo‘jaliklarida intensiv usulda ko‘chat yetishtirish, sutni qayta ishlash, asalarichilik loyihalari taqdimoti ham o‘tkazildi.

Prezident limonchilikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratdi.

— Limonchilik nafaqat Qashqadaryo vohasi, balki mamlakatimiz uchun eng serdaromad sohalardan. Bu tarmoqni rivojlantirish iqtisodiyotimiz raqobatbardoshligini oshirish, qo‘shimcha daromad manbaini yaratishga xizmat qiladi. Shu bois mazkur istiqbolli yo‘nalishni qo‘llab-quvvatlash, Qashqadaryo misolida limonchilik uyushmasini tashkil etish lozim, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Qashqadaryo viloyatida teri xomashyosini qayta ishlash va charm-poyabzal klasterini barpo etish, aholini tuxum va parranda go‘shti bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham atroflicha muhokama etildi.

Prezident barcha loyihalarni takomillashtirish yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring