Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qashqadaryo viloyati IIB amerikalik tadbirkor hibsga olinganini rad etdi

Qashqadaryo viloyati IIB amerikalik tadbirkor hibsga olinganini rad etdi

Foto: «Xabar.uz»

Bugun bir qator OAVlarda asli o‘zbekistonlik AQSh fuqarosi Zokir Aliyev Chiroqchidagi ota uyida hibsga olingani haqida xabarlar tarqatilgan edi.

Ushbu masala yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB bilan bog‘landik. O‘zini Jabborov deya tanishtirgan viloyat IIB navbatchilik qismi xodimi avvaliga bu voqeadan bexabar ekani, shu bois Chiroqchi tumani IIB bilan bog‘lanish lozimligini bildirdi. O‘z navbatida, Chiroqchi IIB ham bu voqeadan butunlay bexabar ekanliklarini ma’lum qilishdi.

Shundan so‘ng viloyat IIB bilan qayta bog‘landik. Jabborovning aytishicha, bizning qo‘ng‘irog‘imizdan so‘ng u ushbu masalani surishtirgan. Aytishicha, internetda tarqalgan bu gap-so‘zlar yolg‘on va mutlaqo asossiz.

«Siz telefon qilganingizdan keyin biz ham surishtirdik. Qashqadaryoda bunday voqea bo‘lmagan», — dedi Jabborov «Xabar.uz» muxbiri savoliga javoban.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring