Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qashqadaryoda haydovchi YPX xodimini urib, qochib ketdi

Qashqadaryoda haydovchi YPX xodimini urib, qochib ketdi

Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida kecha, 14-fevral kuni soat 11:35 larda viloyat IIB YHXB YPX inspektori kichik serjanti S.R. Beshkent shahridagi Hamza — Mustaqillik ko‘chalari chorrahasida xizmat olib borayotib, shu yerda harakatlanib kelayotgan M.M. boshqaruvidagi «Lada-Largus» rusumli avtomashinani to‘xtatgan.

Xodim haydovchi M.M.dan avtomashina hujjatlarini so‘raganida, u xodimning qonuniy talablariga bo‘ysunmay, unga qarshilik ko‘rsatib kichik serjant S.R.ning yuziga urib, jarohat yetkazgan va avtomashinani haydab, voqea joyidan qochib ketgan.

Natijada kichik serjant S.R. kasalxonaga yotqizilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida M.M. qo‘lga olingan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring