Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda tarvuz pishdi

Qashqadaryoda tarvuz pishdi

Foto: Bojxona matbuot xizmati

Qashqadaryo viloyatida tarvuz pishib yetildi va Qozog‘istonga eksporti boshlandi. Bu haqda «Bojxona.uz» xabar berib o‘tdi.

Dehqonlar dalaga urug‘ qadash fursatini kutib o‘tirmasdan, issiqxonalarda urug‘ni muddatidan avvalroq ekib, har galgidan barvaqt hosil yig‘ishtirib olishga erishdi. Asosiysi, ushbu mahsulotlar ichki bozordan orttirilib, chetga eksportga chiqarilmoqda.

Chiroqchi tumanidagi «Gissar Effect» MChJda 2018 yil dekabr oyida bir gektar yer maydonidagi issiqxonada urug‘lar qadalib, may oyida birinchi hosilda 4 tonnadan ziyod tarvuz yig‘ishtirib olindi. Tarvuzlar Qozog‘iston mamlakatiga eksport qilindi. Kelgusida esa 20 tonnagacha hosil olish mo‘ljallanmoqda.

«Viloyatimiz eksport salohiyatini oshirish maqsadida bojxona postimiz tomonidan har kuni 24 soat davomida bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirib kelmoqdamiz, – deydi «Kitob» tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti boshlig‘i Botir Javliyev. – Bu esa, tadbirkorlarga yanada qulaylik yaratish bilan birga, viloyat eksport hajmini oshirishga xizmat qiladi».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring